«olimjon haydarov» tegli maqolalar


Bloger Olimjon Haydarovga chiqarilgan hukm o‘zgarishsiz qoldirildi
29 dekabr 2023, 09:48

Bloger Olimjon Haydarovga chiqarilgan hukm o‘zgarishsiz qoldirildi

Farg‘ona viloyat sudi Olimjon Haydarovga nisbatan chiqarilgan hukm ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirmadi. 1-dekabrda blogerni 8 yilga ozodlikdan mahrum qilish to‘g‘risidagi hukm o‘zgarishsiz qoldi.

8 yilga qamalgan bloger Olimjon Haydarov sud qarori ustidan apellyatsiya beradi
2 dekabr 2023, 13:52

8 yilga qamalgan bloger Olimjon Haydarov sud qarori ustidan apellyatsiya beradi

8 yilga qamalgan bloger Olimjon Haydarov birinchi instansiya sudining qarori ustidan apellyatsiya beradi, deb ma’lum qildi uning ukasi. U o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni butunlay rad etadi.

Bloger Olimjon Haydarov 8 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
1 dekabr 2023, 16:25

Bloger Olimjon Haydarov 8 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona tuman sudi bloger Olimjon Haydarovga 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi. U tuhmat, haqorat qilish va tovlamachilik jinoyatlarini sodir etganlikda aybdor deb topildi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Qo‘qon hokimi, IIB xodimi va boshqalar bloger Olimjon Haydarov ishida da’vogarlik qiladi
28 oktabr 2023, 18:32

Qo‘qon hokimi, IIB xodimi va boshqalar bloger Olimjon Haydarov ishida da’vogarlik qiladi

Sud bloger Olimjon Haydarovga nisbatan jinoyat ishini ko‘rishni 30-oktabrga belgiladi. Jabrlanganlar va da’vogarlar orasida Qo‘qon shahri hokimi, O‘zbekiston tumani IIB xodimi va boshqalar bor.

Bloger Olimjon Haydarovning ishi sudga oshirilib, unga yangi ayblovlar qo‘yildi
14 oktabr 2023, 12:39

Bloger Olimjon Haydarovning ishi sudga oshirilib, unga yangi ayblovlar qo‘yildi

Huquq-tartibot idoralari iyul oyi oxirida tovlamachilikda ayblanib hibsga olingan bloger Olimjon Haydarov ustidan tergovni yakunlab, ishni sudga yuborgan. Unga tuhmat va haqorat kabi yangi ayblovlari qo‘yilgan.

“Akamdan xavotirdamiz” — bloger Olimjon Haydarovning ukasi
30 iyul 2023, 15:12

“Akamdan xavotirdamiz” — bloger Olimjon Haydarovning ukasi

Farg‘onalik bloger Olimjon Haydarov salbiy mazmundagi maqolani tarqatmaslik evaziga 10 ming dollar talab qilganlikda ayblanib, hibsga olingandi. Uning ukasi Salimjon Haydarov “Gazeta.uz”ga aytishicha, gumondorning uyida tintuv ham o‘tkazildi.

Bloger Olimjon Haydarov jinoyatda gumonlanib, hibsga olindi
29 iyul 2023, 17:34

Bloger Olimjon Haydarov jinoyatda gumonlanib, hibsga olindi

Farg‘onalik bloger Olimjon Haydarov jinoyatda gumonlanib, hibsga olindi, deya ma’lum qildi Farg‘ona viloyati IIB. U “Qo‘qon Istiqlol” savdo kompleksi rahbarlaridan salbiy mazmundagi maqolani internetda tarqatmaslik evaziga 10 000 dollar talab qilganlikda ayblanmoqda.

Bloger Olimjon Xaydarov sud qarori ustidan apellyatsiya shikoyati berdi
16 dekabr 2022, 19:13

Bloger Olimjon Xaydarov sud qarori ustidan apellyatsiya shikoyati berdi

Mitinglar tashkil etish va o‘tkazish tartibini buzish, yolg‘on axborot tarqatishda ayblanib jarimaga tortilgan bloger Olimjon Haydarov sud qarori ustidan apellyatsiya shikoyati berdi. Deputat Rasul Kusherbayevning ma’lum qilishicha, mavjud bo‘lmagan tartib bo‘yicha javobgarlikka tortish qonunga ziddir.

Bloger Olimjon Haydarov 21 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi
13 dekabr 2022, 22:39

Bloger Olimjon Haydarov 21 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi

Bloger Olimjon Haydarov mitinglar tashkil etish va o‘tkazish tartibini buzganlik, yolg‘on axborot tarqatganlikda ayblanib, 21 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi. U yaqinda Farg‘onadagi zavod ishchilarining norozilik namoyishi aks etgan videoni e’lon qilgandi, shundan so‘ng 7 ishchi hibsga olingandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting